Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

121-QO‘SHIQ

O‘zni tiymoq muhimdir

O‘zni tiymoq muhimdir

(Rimliklarga 7:14–25)

  1. 1. Qalb-la, vujud-la Rabni sevamiz,

    Osiymiz, shuning-chun o‘zni tiyamiz.

    Ruhdir zamin tinchlig-u baxtga,

    Nafsdir hamisha sabab g‘amga.

  2. 2. Har kun sezgaymiz Shayton ta’sirin,

    Gunoh ham solgaydir bizga o‘z to‘rin.

    Ammo yutgaymiz bunday jangda,

    Rab-la yursak gar to‘g‘ri yo‘lda.

  3. 3. Har vaqt oqlash-chun Alloh ismini,

    Jon-jahd-la ekkaymiz dilga poklikni.

    Neki qilsak ham, shuldir saboq:

    Doim muhimdir o‘zni tiymoq.

(Shuningdek, 1 Kor. 9:25; Galat. 5:23; 2 Butr. 1:6 ga qarang.)