Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

134-QO‘SHIQ

Farzandlar — Yahovadan merosdir

Farzandlar — Yahovadan merosdir

(Zabur 127:3–5)

  1. 1. Farzandlar — Yahdan merosdir,

    Beqiyos quvonch ular keltirur.

    Ular uchun ota, ona ham

    Rab oldida mas’ul erur.

    Tangri berur hayot inson-chun

    Va mehrini hamisha yog‘dirur.

    U otalar va onalar-chun

    Eng ishonchli Yo‘lboshchi bo‘lur.

    (NAQAROT)

    Ham omonat, ham mukofotdir

    Alloh in’om etgan farzand.

    Shul-chun uning qalb bog‘iga siz

    Yahning amrin qiling payvand.

  2. 2. Siz bo‘ling o‘rnak farzand-chun,

    Yurakda saqlang mudom Rab amrin.

    Uy-hovlida, ko‘cha-ko‘yda ham

    Aytib yuring Alloh So‘zin.

    Bu vazifa ham qarz, ham farzdir,

    Axir Xudo O‘zi bergan uni.

    Mehnat qilib, hosil olgaysiz:

    Farzandingiz shod etar Yahni.

    (NAQAROT)

    Ham omonat, ham mukofotdir

    Alloh in’om etgan farzand.

    Shul-chun uning qalb bog‘iga siz

    Yahning amrin qiling payvand.

(Shuningdek, Qonun. 6:6, 7; Efes. 6:4; 1 Tim. 4:16 ga qarang.)