Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

148-QO‘SHIQ

Yahova najotdir!

Yahova najotdir!

(2 Shohlar 22:1–8)

  1. 1. Yolg‘iz barhaq Xudosan, Yahova Egam,

    Cheksiz hamdlar aytar

    Senga butun olam.

    Tanhosan va qodirsan, Yo Rab, O‘zing,

    yo‘q tenging.

    Sen yengasan yovni.

    (NAQAROT)

    Qo‘rg‘onsan, ey haq Tangri, O‘z xalqing-chun,

    Bergaysan najot har sodiq bandang uchun.

    Jasorat-la doston qilaman

    har dam shoning,

    Zero Sensan najot Manbai,

    Egam O‘zing.

  2. 2. Zanjir ila meni qurshab oldi o‘lim,

    Mardlik birla qudrat

    Ato et, ey Tangrim.

    O‘zing nolam qabul qil va ber panoh,

    yo Alloh.

    Sensan yolg‘iz Qal’am.

    (NAQAROT)

    Qo‘rg‘onsan, ey haq Tangri, O‘z xalqing-chun,

    Bergaysan najot har sodiq bandang uchun.

    Jasorat-la doston qilaman

    har dam shoning,

    Zero Sensan najot Manbai,

    Egam O‘zing.

  3. 3. Yaqin kunda ko‘kdan sadong gumbur etar.

    Xalqing u shod aylar,

    Yovga larza solar.

    Shunda ko‘rgaydir hamma: O‘zing hayot

    va najot.

    Bilsin Seni jahon.

    (NAQAROT)

    Qo‘rg‘onsan, ey haq Tangri, O‘z xalqing-chun,

    Bergaysan najot har sodiq bandang uchun.

    Jasorat-la doston qilaman

    har dam shoning,

    Zero Sensan najot Manbai,

    Egam O‘zing.

(Shuningdek, Zab. 18:1, 2; 144:1, 2 ga qarang.)