Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

81-QO‘SHIQ

Kashshof hayoti

Kashshof hayoti

(Voiz 11:6)

  1. 1. Quyoshni qarshilab, boshlaymiz har kunni,

    Xizmatga odimlab,

    Allohga ibodat qilamiz.

    Yuramiz shod-xurram, va’z qilib har kimga.

    Tinglashsa yoki yo‘q,

    Xabarni aytishdan tinmaymiz.

    (NAQAROT)

    Yahova biz uchun

    Ko‘rsatdi haq yo‘lni.

    Kalomi-la mudom yashaymiz.

    Ham yozda, ham qishda

    Xushxabar yoyamiz,

    Axir biz bor vujud-la Rabni sevamiz.

  2. 2. Kun botar mahalda his etgaymiz charchoq,

    Lek hamon yurakda

    Porlagaydir quvonch uchquni.

    Xizmatda beryapmiz doim eng a’losin.

    Ming rahmat Tangriga,

    Axir U siylagay har kuni.

    (NAQAROT)

    Yahova biz uchun

    Ko‘rsatdi haq yo‘lni.

    Kalomi-la mudom yashaymiz.

    Ham yozda, ham qishda

    Xushxabar yoyamiz,

    Axir biz bor vujud-la Rabni sevamiz.

(Shuningdek, Yoshua 24:15; Zab. 92:2; Rim. 14:8 ga qarang.)