Asosiy materiallarga o‘tish

Taksidoga yordamga kelgan ko‘ngilli xizmatchilar

Taksidoga yordamga kelgan ko‘ngilli xizmatchilar

Nyu-York shtatining Taksido shahrida tong otdi. Soat 7:45. Osmon ko‘m-ko‘k. To‘rt qavatli bino yonidagi ko‘l, yupqa muz bilan qoplangan. Maxsus ish kiyim va etik kiyib olgan erkag-u ayollar birin-ketin bino ichkarisiga kirmoqda. Bu yerga kelish uchun, ular saharda yo‘lga otlanishgan. Kimdir yaqin atrofdagi mehmonxona-yu boshqa turar joylarda tunagan bo‘lsa, ba’zilar shtatning Patterson, Uolkill, hatto 80 km naridagi Bruklindan uzoq yo‘l bosib kelgan.

Garchi ulardan aksariyati Qo‘shma Shtatlarning turli joylaridan va chekka hududlaridan kelgan bo‘lsa-da, bugun bu yerga ular yordam berishga shay turibdilar. Ba’zilar bir haftaga, boshqalar olti haftaga, qolganlar esa uzoqroq vaqt mobaynida ishlashga qaror qilishgan. Ular o‘z hisobidan yo‘l haqqini to‘lashga va bepul ishlab berishga tayyor. Ha, bu yerda bo‘lish ularga xursandchilik keltiradi.

Bugun 120 ta ko‘ngilli xizmatchilar kelgan, lekin kelasi xizmatchilar yana ko‘payadi. Ular oshxonaga kirib, stol atrofida 10 tadan bo‘lib joylashishdi. Ko‘plar o‘zlariga qahva qo‘yib olishmoqda. Ichkaridan esa dudlangan cho‘chqa nimtasining mazali hidi dimoqqa uriladi. Roppa-rosa 7:00 da, teleekranlar orqali kunlik oyat muhokamasi boshlandi. 15 daqiqadan so‘ng, ofisiantlar nonushtani stollarga tarqatishga kirishishdi. Dudlangan cho‘chqa nimtasi bilan birga non, qovurilgan tuxum va so‘li yormasini keltirib qo‘yishdi. Mana, to‘kin-sochin dasturxon tayyor!

Ovqat tanovul qilingach, yakuniy ibodat aytildi va hamma ish joylariga tarqab ketdi. Quruvchilar tabassum bilan kaska-yu ishchi himoya nimchalarni kiyib hamda himoyalovchi ko‘zoynag-u ish qurollari solingan og‘ir kamarlarni taqib olishdi.

Maqsad — Taksidodagi eski qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxona hududida, Yahova Shohidlarining xalqaro idora markazini qurish uchun joy tayyorlash. Yangi binoni Uorik shahri yaqinidagi yo‘l bo‘yida qurish rejalashtirildi. Mavjud bo‘lgan binolar qayta ta’mirlanib yashash xonalari, ofislar, ustaxona va omborxonalar qurildi. 2013-yil chorshanba kuni, mahalliy qurilish qo‘mitasi Taksido loyihasini ma’qulladi.

Ko‘ngilli xizmatchilar, o‘z joylariga yetib kelgach, ularni qanday kutib olishdi? Nyu-Jersi shahridan kelgan Vilyam shunday deydi: «Baytil qabulxonasiga kelishingiz bilan, birodarlar sizga xonangizni ko‘rsatib, yo‘lni qanday topishni, kalitdan qanday foydalanishni tushuntirib berishga tayyor. Hamma sizning yordamingizga muntazir. Nonushta qilib, Taksidoga yetib kelgach, mas’uliyatli birodarga uchraysiz va u sizga nima ish qilishingizni tushuntirib beradi».

Bu yerda xizmat qilish nimasi bilan qiziqarli? Yahira va uning eri Puerto-Rikodan. Ular karkas va gipsakarton bilan bog‘liq ishlarda yordam berishadi. Yahira shunday deb bo‘lishdi: «Biz erta sahar 4:30 da turamiz. Xonamizni yig‘ishtirib, bir chashka qahva ho‘plab olib, bizni kutib turgan avtobus tomon yuguramiz. Kun oxirida charchab holdan toyamiz. Shunga qaramasdan, hammaning yuzidan tabassum arimaydi».

Uorik o‘rmon ichida joylashgan. Zak hamda uning xotini Bef, Minnesotadan. Ular Uorik hududini qurilish uchun tayyorlashga ko‘maklashishadi. Ulardan bu yerga nima sababdan kelishgani haqida so‘rasangiz: «Yahovaga xizmat qilib yashashdan dunyoda yaxshiroq maqsad yo‘q. Shunday ekan, qobiliyatlarimizni Uning irodasini bajarish uchun sarflashni istaymiz»,— deb javob berishadi.