Asosiy materiallarga o‘tish

Ko‘zi ojiz ayolning ibodatlari ijobat bo‘ldi

Ko‘zi ojiz ayolning ibodatlari ijobat bo‘ldi

Osiyoda yashovchi Yanmey ismli Yahovaning Shohidi Minsze ismli ko‘zi ojiz bir ayolga yo‘ldan o‘tishga ko‘maklashibdi *. Minsze: «Rahmat, Xudo sizga baraka bersin!» — deb javob beribdi. So‘ng Yanmey undan Muqaddas Kitob asosida suhbatlashishga roziligini so‘rabdi. Minsze opamizga Xudoning haqiqiy xalqini topishi haqida har kuni ibodat qilayotganini aytibdi. Nega u shunday deb ibodat qilgan ekan?

Minsze 2008-yili ko‘zi ojiz bo‘lgan dugonasi imkoniyatlari cheklangan odamlar uchun atalgan cherkovga borishni taklif qilganda rozi bo‘lgan ekan. Ma’ruzani eshitgach, Minsze ruhoniydan qaysi kitobga ishora qilayotganini so‘rabdi. U Muqaddas Kitob, Xudoning ishonchli Kalomi deb aytibdi. Minsze o‘sha kitobni o‘qishni juda ham xohlabdi. Shu bois xitoy Brayl shriftidagi Muqaddas Kitobga ega bo‘lib, taxminan olti oy ichida 32 ta jildini o‘qib chiqibdi. Uni o‘qiyotganda, u qatnayotgan cherkov tomonidan o‘rgatilayotgan Uchlik ta’limoti soxta ekanini va Xudoning ismi Yahova ekanini tushunibdi.

Vaqt o‘tgach, Minsze cherkov a’zolarining xulq-atvori tufayli ranjibdi. Ular Muqaddas Kitobda u o‘qigan narsalarga muvofiq yashamayotganini anglabdi. Misol uchun, yaxshi bo‘lmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘zi ojizlarga, yaxshilarini esa ko‘zi ojiz bo‘lmagan insonlarga berishardi. Bunday nohaqlik tufayli u qattiq xafa bo‘libdi, shuning uchun o‘z hududida boshqa cherkovni qidira boshlabdi. Shu sababli, Minsze Xudoning haqiqiy xalqini topish haqida ibodat qilgan.

Yanmey savob ish qilgani tufayli Minsze uning Muqaddas Kitobni tadqiq qilish taklifini qabul qilibdi. Keyinchalik, Minsze Yahova Shohidlarining jamoatiga ilk bor tashrif buyurdi. U quyidagicha bo‘lishdi: «Ilk jamoatimni hecham unutmayman. Birodar-u opa-singillarning bari meni iliq qarshi olishdi. Bu menga qattiq ta’sir qildi. Garchi ojiz bo‘lsam ham, u yerdagi samimiy sevgini his etdim».

Minsze muvaffaqiyatli bo‘lib, doim uchrashuvlarga qatnay boshladi. Hamd-u sano qo‘shiqlarini kuylashni yoqtirardi, ammo bu oson emas edi, chunki u o‘qiy oladigan Brayl shriftida hamd-u sanolar kitobi yo‘q edi. Yig‘ilishdagilarning yordami bilan Minsze o‘zi uchun bunday kitobni qila oldi. Barcha 151 ta qo‘shiqni bu shriftda yozish uchun u 22 soat sarfladi. 2018-yili Minsze va’z qila boshladi va har oy taxminan 30 soat vaqtini bunga bag‘ishlardi.

Kitobni Brayl shriftiga ko‘chirish mushkul ish

Minszega suvga cho‘mish uchun tayyorgarlik ko‘rishga yordam berish niyatida Yanmey «Yahovaning irodasini bajarayotgan tashkilot» kitobidagi savollarni va Muqaddas Kitobdan keltirilgan oyatlarni audio yozuvga yozib oldi. 2018-yili iyulda Minsze suvga cho‘mdi. U shunday dedi: «Anjumanda birodar-u opa-singillar ko‘rsatgan sevgisi menga rosa ta’sir qildi. Quvonchdan yig‘lay boshladim, nihoyat Xudoning haqiqiy jamoatining a’zosi bo‘ldim». (Yuhanno 13:34, 35) Hozir, Minsze o‘zi ham ega bo‘lgan sevgini boshqalarga ko‘rsatishga qaror qilib, to‘la vaqt xizmat qiladi.

^ 1- x.b. Ismlar o‘zgartirilgan.