Asosiy materiallarga o‘tish

Yahovaning Shohidlari amerikalik mazhabmi?

Yahovaning Shohidlari amerikalik mazhabmi?

 Xalqaro bosh idoramiz Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan. Ammo amerikalik mazhab emasmiz. Quyidagi sabablar bor:

  •   «Mazhab» degan so‘z hukmron diniy yo‘nalishdan ajralib chiqqan guruhni anglatadi. Yahovaning Shohidlari hech qaysi dindan ajralib chiqqan guruh emas. Aksincha, o‘zimizni Iso payg‘ambar birinchi asrda asos solgan xalq deb bilamiz.

  •   Yahovaning Shohidlari 230dan ortiq mamlakat va hududlarda o‘z faoliyatini olib borishadi. Qaysi mamlakatda yashashimizdan qat’i nazar, AQSH hukumati yoki boshqa bir insoniy hukumatga emas, Tangri Yahova hamda Iso Masihga sadoqatlimiz. (Yuhanno 15:19; 17:15, 16)

  •   Barcha ta’limotlarimiz Qo‘shma Shtatlardagi qaysidir diniy rahbarning ko‘rsatmalariga emas, Muqaddas Kitobga asoslanadi. (1 Salonikaliklarga 2:13)

  •   Qaysidir insonga emas, Iso Masihga ergashamiz. (Matto 23:8–10)