Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

10-savol

Muqaddas Kitobda kelajak haqida qanday va’dalar yozilgan?

«Odil kishilar yer yuziga egalik qiladi, ular yerda abadiy yashaydi».

Zabur 37:29

«Yer abadiy turadi».

Voiz 1:4

«O‘limni U toabad yo‘q qiladi, Oliy Hukmdor Yahova barchaning ko‘z yoshini artib qo‘yadi».

Ishayo 25:8

«O‘shanda ko‘rlarning ko‘zlari ochiladi, karlarning quloqlari eshitadi. Cho‘loq odam kiyik kabi sakraydi, soqovning tili quvonch ila xitob qiladi. Sahroda buloqlar qaynab chiqadi, dasht-u biyobonda soylar oqadi».

Ishayo 35:5, 6

«Xudo ularning ko‘zidagi har qanday yoshni artib oladi. O‘lim, motam, faryod va og‘riq boshqa bo‘lmaydi. Zero avvalgilar o‘tib ketdi».

Vahiy 21:4

«Ular uylar qurib, bu uylarda yashaydi, uzumzorlar barpo etib, hosilidan yeydi. Ular qurgan uylarda o‘zgalar yashamaydi, ular ekkan narsalarni boshqalar yemaydi. Xalqimning umri daraxt umriday uzoq bo‘ladi, tanlaganlarim o‘z qo‘llari mehnatining rohatini ko‘radi».

Ishayo 65:21, 22