1 Korinfliklarga 10:1-33

  • Isroilning tarixidan saboqlar (1-13)

  • Butparastlik haqida ogohlantirish (14-22)

    • Yahovaning dasturxoni, jinlarning dasturxoni (21)

  • Ozodlik va boshqalarni inobatga olish (23-33)

    • «Hamma narsani Xudoni sharaflash uchun qilinglar» (31)

10  Birodarlar, sizlar quyidagilarni bilishingizni istayman: ota-bobolarimizning hammasi bulut ostida yo‘l yurib+, dengizdan o‘tishdi+.  Bundan tashqari, barchasi Musoning orqasidan ergashib, bulut va dengiz orqali suvga cho‘mishdi.  Shuningdek, hammalari birday ilohiy ozuqani yeb+,  birday ilohiy suvni ichishdi+. Ular orqalaridan kelayotgan ilohiy qoyadan suv ichishdi. Bu qoya Masihning ramzi edi+.  Biroq ulardan ko‘pchiligi Allohga ma’qul kelmay, sahroda o‘lib ketishdi+.  Ularga o‘xshab yomonlikni istamasligimiz uchun, bu bizga saboq bo‘ldi+.  Ularning ba’zilaridek butparast bo‘lmanglar. Ular haqida Muqaddas Yozuvlarda: «Xalq yeb-ichish uchun o‘tirdi, keyin esa o‘rnidan turib, vaqtichog‘lik qila boshladi»+,— deyilgan.  Ayrimlari kabi zino* ham qilmaylik. Zero ular zino qilishgani tufayli bir kunda 23 000 kishi halok bo‘ldi+.  Yahovani* ham sinamaylik+. Ba’zilari Uni sinashgani uchun ularni ilonlar chaqib o‘ldirdi+. 10  Nolimanglar. Ulardan ayrimlari nolib+, qiruvchining qo‘lidan nobud bo‘lishdi+. 11  Bularning barchasi saboq bo‘lsin deya ularning boshiga tushgan hamda zamonalarning oxirida yashayotgan bizlar uchun ogohlantirish sifatida yozilgan+. 12  Shunday ekan, kim tik turibman deb o‘ylasa, ehtiyot bo‘lsin, tag‘in yiqilib tushmasin+. 13  Sizlar odamlar yo‘liqayotgan oddiy vasvasalarga duch kelyapsizlar+. Xudo esa O‘z so‘ziga sodiqdir va dosh bera olmaydigan darajada vasvasa qilinishingizga U yo‘l qo‘ymaydi+. Aksincha, vasvasa paytida chiday olishingiz uchun ilojini ham beradi+. 14  Shu bois, azizlarim, butparastlikdan qochinglar+. 15  Bu so‘zlarni es-hushli odamlarga murojaat qilgandek gapiryapman. Aytganlarimdan o‘zlaringiz xulosa chiqaringlar. 16  Biz qutlayotgan shukrona kosasi Masih qoniga sherik bo‘lishimizni anglatmaydimi?+ Shuningdek, biz sindirayotgan non Masihning tanasiga sherik bo‘lishimizni bildirmaydimi?+ 17  Non bitta bo‘lganiday, biz ham ko‘p bo‘lishimizga qaramay, bir tanmiz+. Sababi, hammamiz bitta nonni bo‘lishyapmiz. 18  Isroil xalqiga* qaranglar: qurbonliklardan yeganlar, nahotki qurbongohga sherik bo‘lishmasa?+ 19  Xo‘sh, nima desam ekan? Butlarga bag‘ishlangan qurbonlik yoki butning o‘zi biror ahamiyatga egami? 20  Yo‘q. Ammo shuni aytmoqchimanki, boshqa xalqlar keltirgan qurbonliklar Xudoga emas, jinlarga bag‘ishlanadi+. Men esa jinlarga sherik bo‘lishingizni xohlamayman+. 21  Sizlar ham Yahovaning* kosasidan, ham jinlarning kosasidan icha olmaysizlar; ham «Yahovaning* dasturxonidan»+, ham jinlar dasturxonidan taom yeya olmaysizlar. 22  Yoki «Yahovaning* rashkini qo‘zg‘atmoqchimizmi»?+ Nahotki biz Undan kuchliroq bo‘lsak? 23  Menga har narsa ruxsat etilgan, lekin hammasi ham foydali emas. Har narsa menga ruxsat etilgan bo‘lsa-da, hammasi ham dalda bermaydi+. 24  Har kim o‘zining emas, o‘zganing manfaatini ko‘zlasin+. 25  Go‘sht bozorida sotiladigan hamma narsani surishtirmay, toza vijdon bilan yeyaveringlar. 26  Zero «yer yuzi hamda undagi bor narsa Yahovaga* tegishlidir»+. 27  Agar imondosh bo‘lmagan biror kishi sizlarni mehmonga chaqirsa va sizlar borishga rozi bo‘lsangiz, oldingizga qo‘ygan hamma narsani surishtirmay, toza vijdon bilan yeyaveringlar. 28  Mabodo kimdir: «Bu narsalar butlarga bag‘ishlangan»,— deb qolsa, aytgan kishi uchun hamda hech kimning vijdoni qiynalmasin deb, uni yemanglar+. 29  Men sizlarning emas, o‘zga odamning vijdonini nazarda tutyapman. Mening erkinligimni boshqa kishining vijdoni hukm qilishiga yo‘l berib nima qilaman?+ 30  Agar taomni Allohga shukrona aytib yesam, unda shukrona aytib yegan taomim uchun nega ayblanishim kerak?+ 31  Shu sababdan, yeysizlarmi, ichasizlarmi, nimaiki qilsangizlar, hamma narsani Xudoni sharaflash uchun qilinglar+. 32  Na yahudiylar, na yunonlar, na Tangri jamoatining qoqinishiga sababchi bo‘lmanglar+. 33  Men ham o‘zimning emas, ko‘plarning foydasini ko‘zlab+, Alloh ularni qutqarib qolishi uchun, barchani har narsada mamnun etyapman+.