Asosiy materiallarga o‘tish

YOSHLARNING SAVOLLARI

Oral jinsiy aloqa chindan ham jinsiy aloqa hisoblanadimi?

Oral jinsiy aloqa chindan ham jinsiy aloqa hisoblanadimi?

 AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining xabar berishicha, 15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lganlar orasida so‘rov o‘tkazilgan va ularning taxminan yarmi oral (og‘iz bo‘shlig‘i yordamida) jinsiy aloqa bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘lgan. Yozuvchi Sharlen Eyzam o‘zining kitobida shunday degan: «O‘smirlar bilan [oral jinsiy aloqa haqida] gaplashsangiz, ular bunga oddiy holdek qarayotganini ko‘rasiz. Chunki ular oral jinsiy aloqani jinsiy aloqa deb hisoblamaydi». («Oral Sex Is the New Goodnight Kiss»)

 Siz nima deb o‘ylaysiz?

 Quyidagi savollarga javob berib ko‘ring:

  1.   Oral jinsiy aloqa bilan shug‘ullangan qiz homilador bo‘lib qolishi mumkinmi?

    1.   Ha

    2.   Yo‘q

  2.   Oral jinsiy aloqaning sog‘liqqa zarari bormi?

    1.   Ha

    2.   Yo‘q

  3.   Oral jinsiy aloqa chindan ham jinsiy aloqa hisoblanadimi?

    1.   Ha

    2.   Yo‘q

 Faktlar nimani ko‘rsatyapti?

 Javoblaringizni pastda keltirilgan javoblar bilan solishtirib ko‘ring.

  1.   Oral jinsiy aloqa bilan shug‘ullangan qiz homilador bo‘lib qolishi mumkinmi?

     Javob: yo‘q. Bu ko‘pgina insonlar oral jinsiy aloqa bilan shug‘ullanish xavfsiz, degan noto‘g‘ri xulosaga kelishlarining sabablaridan biridir.

  2.   Oral jinsiy aloqaning sog‘liqqa zarari bormi?

     Javob: ha. Oral jinsiy aloqa bilan shug‘ullangan inson gepatit (A yoki B), o‘tkir uchli kondiloma, so‘zak, gerpes, OIV va zaxm kabi kasalliklarni yuqtirib olishi mumkin.

  3.   Oral jinsiy aloqa chindan ham jinsiy aloqa hisoblanadimi?

     Javob: ha. Jinsiy aloqaga boshqa insonning jinsiy a’zolari bilan qilingan har qanday harakat, ya’ni nafaqat odatiy jinsiy aloqa, balki oral jinsiy aloqa, anal (ort teshigi yordamida) jinsiy aloqa hamda boshqa insonning jinsiy a’zolarini uqalab junbushga keltirish kiradi.

 Nega bu muhim?

 Keling, oral jinsiy aloqa mavzusi bilan bog‘liq bir nechta oyatni ko‘rib chiqaylik.

 Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Alloh sizlar... o‘zingizni zinodan tiyishingizni xohlaydi». (1 Salonikaliklarga 4:3)

 Asl matndan «zino» deb tarjima qilingan so‘z nikohdan tashqari jinsiy yaqinlikning barcha turlarini, jumladan, odatiy jinsiy aloqa, oral jinsiy aloqa, anal jinsiy aloqa hamda boshqa insonning jinsiy a’zolarini uqalab junbushga keltirishni o‘z ichiga oladi. Zino qilish ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ulardan eng yomoni — Xudo bilan bo‘lgan do‘stona munosabatlarning buzilishidir. (1 Butrus 3:12)

 Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Zino qiluvchi o‘z badaniga qarshi gunoh qilayotgan bo‘ladi». (1 Korinfliklarga 6:18)

 Oral jinsiy aloqa ham jismonan, ham ma’nan zarar yetkazishi va shu bilan birga insonni hissan jarohatlashi mumkin. Bir kitobda quyidagicha aytilgan: «Inson nafaqat vaginal, balki boshqa turdagi jinsiy aloqadan keyin ham pushaymon bo‘lishi, o‘zini himoyasiz yoki foydalanilgandek his qilishi mumkin. Nikohgacha yoki nikohdan tashqari jinsiy munosabatlarning har qanday turi jinsiy aloqa hisoblanadi va bu bilan shug‘ullangan inson yoqimsiz his-tuyg‘ularni boshdan kechirishi hech gap emas». («Talking Sex With Your Kids»)

 Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Men Yahova, sening Xudoyingman, sening manfaatingni ko‘zlab ta’lim beraman». (Ishayo 48:17)

 Jinsiy aloqaga tegishli Xudoning qonunlari sizga foyda keltiradimi? Yoki sizni cheklab qo‘yadi, deb o‘ylaysizmi? Bunday savollarga javob topish uchun tezlikni cheklash belgilari, svetoforlar va boshqa yo‘l belgilari bor tirband katta yo‘lni tasavvur qiling. Nima deb o‘ylaysiz, bunday belgilar sizni cheklab qo‘yadimi yoki sizni himoya qiladimi? Siz va boshqa haydovchilar ularga e’tibor bermasa, nima bo‘ladi?

Yo‘l harakati qoidalari erkinligingizni cheklasa-da, sizni himoya qiladi. Shu singari, Xudoning qonunlari ham sizga cheklovlar qo‘ysa-da, foydangizga xizmat qiladi

 Xudoning me’yorlari haqida ham shunday desa bo‘ladi. Agar ularga beparvo bo‘lsangiz, natijada ekkaningizni o‘rib olasiz. (Galatiyaliklarga 6:7) Bir kitobda shunday yozilgan: «E’tiqodingiz va qadriyatlaringizdan voz kechib, siz noto‘g‘ri deb bilgan narsalarni qilishda davom etsangiz, o‘zingizga nisbatan hurmatingiz pasayib boraveradi». («Sex Smart») Lekin Xudoning me’yorlari bo‘yicha hayot kechirsangiz, siz uchun axloqiy me’yorlar muhim ekanini ko‘rsatasiz. Eng asosiysi esa, vijdoningizni toza saqlaysiz. (1 Butrus 3:16)